Yopiq muftali “In-line” nasoslar

      In-line tipidagi elektr nasos agregatlari bir pog’onali bir tomonlama so’ruvchi bo’lib, patrubkalari bir o’qda “In-Line” joylashadigan sentrifugali sirkulyatsion nasoslar turkumiga kiradi. Sovuq va issiq suyuqliklarni tortish va sirkulyatsiyasi uchun ishlatiladi (suyuqlik yonmaydigan va portlamaydigan, nasosga mexanik zarar yetkazmaslik uchun tarkibida katta qattiq parchalar bo’lmasligi kerak ). Quruq rotorli nasosning dizayni shunga o’xshash ho’l rotorli nasoslarga nisbatan suyuqlikdagi qattiq parchalarga kamroq sezgir bo’ladi. In-line seriyasining afzalliklari energiya tejash, past shovqin, ishonchli ishlash va ixchamlikdir. Bu seriyadagi nasoslarni  yig’ish va demontaj qilish, shuningdek, quvur liniyasi tizimiga o’rnatish oson. Bu nasoslar suyuqliklarni (asosan suvni) haydash uchun ishlatiladi. In-line nasos agregatlari shunday tuzilganki, ular quvur tizimi elementlarini demontaj qilmasdan quvur liniyasidan olib tashlanishi mumkin. Shuning uchun hatto eng katta agregatlar uchun ham xizmat ko‘rsatish ishlarini biro dam bajarishi mumkin.

Texnik xarakteristikalari

Kirish/Chiqish patrubkalari     DN 40…DN 150 mm
Quvvati     200 kW gacha
Bosim     100 m gacha
Korpusdagi bosim (Pmax)    10 bar (16 bar)
Ishlash temperaturasi (°C)    -10 C dan +140 C gacha