Uzun muftali normal nasoslar

Dizayn va ishlash printsipi

 Uzun ochiq muftali nasosning korpusi quyma cho’yandan qilingan. U tayanch oyoqlari deb ataladigan mustahkam asosga, shuningdek kirish va chiqish uchun patrubkalarga ega. Bu tipdagi katta agregatlar fundament plitalariga o’rnatiladi.                                                                                                                                                                        
Sentrifugali nasoslar aylanma harakatga qarama-qarshi yo’naltirilgan qiya lopastlar bilan jihozlangan. Konstruksiyaviy jihatdan ular ikkita tekis disklarni bir-biriga mustahkam bog’lab, bitta ishchi tanani yaratadilar. Disklarga “qanotchalar” mustahkam o’rnashib, birgalikda uch o’lchamli shaklga aylanadi.

Ishchi g’ildirak korpus kamerasiga joylashtiriladi va elektr privodga ulanadi. Nasosni ishga tushganda, u aylana boshlaydi va quyidagilarni hosil qiladi:
markaziy qismda – vakuum;
periferiyada (chetki qismlarida) – bosim.  
 
Natijada, kirish quvuridan suvni so’rib, uni bosim tizimiga o’tkazadigan markazdan qochma kuchlar paydo bo’ladi. Suyuqlik  kamera ichida va undan chiqishda oqimning bosimi farqliligi evaziga harakatlanishni boshlaydi. Barcha uzun muftali sentrifug nasoslari ushbu printsipga muvofiq ishlaydi.

Kirish va chiqish patrubkalarga elastik quvur elementlarini o’rnatish ish paytida jihozning tebranish va shovqin darajasini kamaytirishga yordam beradi. Moslashuvchan elementlar yordamida nasos quvurlarga ulanadi va agar uni almashtirish yoki ta’mirlash zarur bo’lsa, quvurlarni demontaj qilmasdan ishlar amalga oshirilishi mumkin.

Texnik xarakteristikalari

Kirish/chiqish patrubkalari DN 32…DN 150 mm
Quvvati      600 m³ gacha
Bosim      100m  gacha
Korpusdagi bosim (Pmax) 10 bar (16 bar)
Ishlash temperaturasi (°C) -10 C … +140 C