Sharikli teskari klapanlar

Sharli teskari klapanni konstruksiyasi va ishlash prinsipi juda oddiy. Yopuvchi organ bo’lib sfera xizmat qiladi. Odatda klapanlar po’latdan yasaladi va vulkanlashtirilgan rezina NBR/EPDM bilan qoplanadi yoki boshqa zich yopishib turuvchi korroziyaga qarshi material ishlatilishi mumkin.
Sharli teskari klapanning asosiy ustunligi uning konstruksiyasini o’ta mustahkamligidir. Konstruksiyada prujina, membrana va boshqa tez eskiruvchi elementlar ishlatilmagan. Eng muhim jihati, klapan ochiqligida suyuqlik o’tish joyini to’liq ochilishi va bu bilan oqim hech qanday to’siqlarsiz harakt qilishidir. Yana bir usunligi bu unga xizmat ko’rsatishdir, bu jud ham qulay ya’ni yopuvchi organni klapanni quvurdan yechib olmasdan chiqarib olish mumkin. Buning uchun klapan korpusining yuqori qismida qopqoqni yechish mumkin, va ushbu texnologik lyuk orqali sharni tozalash yoki almashtirish imkoniyati bor.