Ko’p pog’onali nasoslar

Menu
CDL/CDLF seriyali nasoslar vertikal, ko’p pog’onali, sentrifugali, normal so’rishli bo’lib, standart elektr motorlar bilan jihozlangan. Dvigatelning chiqish mili mufta orqali nasos miliga ulanadi. Nasos silindrsimon korpusga o’rnatilgan va bosh qismi tayanch asos yoki plita bilan tortma boltlar yordamida bog’langan ischi parrak pog’onalaridan iborat. Tayanch asosi bir xil o’qda joylashgan kirish va chiqish patrubkalari mavjud. Nasoslar quruq ishlash, fazalarning mos kelmasligi va ortiqcha yuklanishdan himoya qiluvchi boshqaruv shkaflari bilan ta’minlanishi mumkin.
Texnik xarakteristikalari
Kirish/Chiqish patrubkalari DN 50…DN 150 mm
Quvvati 240 m³ gacha
Bosim 305 m gacha
Korpusdagi bosim (Pmax) 10 bar (16 bar) – 25 bar
Ishlash temperaturasi (°C) -10 C … +110 C