Ko‘p pog‘onali gorizontal nasoslar

   Ko’p pog’onali seksiyali sentrifug nasoslar ancha mukammaldir. Bunday nasoslarning dizayni ketma-ket joylashtirilgan bir nechta parraklarni va pog’onalarni ko’zda tutadi. Bunday konstruksiyada suv oqimi pog’ona qismining kirish patrubkasidan keyingi bosqichning kirish qismiga o’tadi, oxirgi bosim kuchi esa nasosning har bir bosqichi yaratadigan bosimlarning yig’indisiga teng bo’ladi. Ushbu turdagi nasoslarda umumiy val vertikal va gorizontal ravishda yo’naltirilishi mumkin. Sentrifug nasosni tanlashda siz eski uslubda valga o’raladigan salnik zichlamasidan ko’ra zamonaviy mexanik zichlamali nasoslarga ko’proq ahamiyat berishingiz zarur. Mexanik zichlamaning asosiy afzalligi shundaki, u germetik bo’lib va suv sizdirmaydi, shuningdek, tebranishlar va valning kichik siljishlariga qarshi yaxshi germetiklik darajasini saqlab turadi.

Tortiladigan suyuqliklar.

Qattiq va tolali parchalarsiz, yopishqoqligi past bo’lgan shaffof yoki ozgina ifloslangan suyuqliklar

Texnik xarakteristikalari

Konstruksiya shakli BB4
Kirish/Chiqish patrubkalari DN 32…DN 250 mm
Quvvati           1000 м3/soat gacha 
Bosim 550 м gacha
Ishlash temperaturasi (°C) -10 C’  +140 C’ 
Korpusdagi bosim (Pmax) 30 bar (63 bar)
Aylanish/m 2900 aylanish/min gacha