
Klapanlar – Bosim regulyatorlari
Menu
Foydalanish maqsadlariga qarab bosim regulyatorlari bir nech xil bo’ladi.
“O’zidan keyin” bosim regulyatori – eng ko’p qo’llaniladigan reduksiyon klapan hisoblanadi, texnik adabiyotlarda ko’pincha “O’zidan keyin” bosim regulyatori deb ataladi. Bu klapanning asosiy funksiyasi o’zidan keying bosimni doimiy nazorat qilishdir. Agar klapanga kirishda bosim oshsa klapanning suyuqlik o’tish qismidagi disk yopiladi va o’zidan keyin bosimni oshib ketishini oldini oladi. Agar klapanga kirishdagi bosim tushsa aksincha disk ochiladi va o’rnatilgan bosimni saqlab turadi.
“O’zigacha” bosim reglulyator klapani. Bu klapanning asosiy funksiyasi quvurdagi bosimni o’zi o’rnatilgan joygacha nazorat qilish. Agar klapangacha bo’lgan bosim oshib ketsa klapan diski ochiladi va ortiqcha bosimni o’tkazvoradi. Shu hususiyati uchun ham bu klapan o’tkazuvchan klapan ham deb nomlanadi.
Yana bir bosim reglulyatori bu bosimni har xil bosimni nazorat qiluvchi klapandir. Quvurda har xil bosimni saqlab turuvchi klapan sistemadagi ba’zi nuqtalarda doimiy suv sarfini ta’minlaydi, bu esa haroratni har doim bir xil ushlab turishga yordam beradi.