Gipoxlorit dozalash stansiyasi

Reagentlar uchun avtomatik dozalash stantsiyasi suyuq reagentlarni, masalan, natriy yoki kalsiy gipoxlorit, xlorli suv, koagulyantlar, flokulyantlar, antiskalantlar (suvni texnik yumshatuvchi), gidroksidi va kislotalar eritmalari (pH-korrektor) kabi tozalangan suvga suyuq reagentlarni va h.k larni dozalash uchun mo’ljallangan. Dozalash stansiyalari hozirgi vaqtda suvni natriy gipoxlorit eritmasi bilan dezinfeksiya qilish uchun ichimlik suvi ta’minoti, suzish havzalari va kichik suv tozalash inshootlarida eng ko’p qo’llaniladi. Rasmda bunday stantsiyaning sxemasi ko’rsatilgan.

Ishlatishdan oldin, dozalash nasosi gipoxlorit eritmasini dozalash normasi suv sarfi hajmiga sozlanadi. Suv sarfi hajmi suv sarfini o’lchash uskunasi yordamida qayd etilib boriladi.

 Ishlash jarayonida gipoxloritning real sarfi belgilangan qiymatga muvofiqligi avtomatik nazorat qilinadi va agar u mos kelmasa, dozalash nasosi gipoxlorit dozasini oshirish yoki kamaytirish orqali doza sarfini avtomatik ravishda korrektirovka qiladi.