15-sonli maktabda insonparvarlik yordamini qabul qilish bo‘yicha shtab tashkil etildi. Forish tumani hokimi o‘rinbosari Elnora Ummatovaning aytishicha, maktab sport saroyi omborxona sifatida foydalaniladi. Homiylar va tashabbuskorlar tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlik yordamlari u yerda yig‘iladi. Oziq-ovqat va kiyim-kechak jabrlanganlarning ehtiyojlariga qarab taqsimlanadi.
Toshqin sodir boʻlgan kundan boshlab hududda maxsus shtab tashkil etilib, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, sel suvlari qishloqdagi 260 ta fermer xo’jaligidan o’tgan, ulardan 53 tasi to’liq, 44 tasi o’rtacha va 163 tasi engil shikastlangan.