Aksial teskari klapanlar

Quvur fitinglari va aksessuarlari barcha quvurlar sistemasining asosiy va muhim qismidir.
Siz qanchalik sifatli aksessuar tanlasangiz sistemangiz shunchalik to’xtovsiz va sifatli ishlaydi. Agar aksessuarlar tanlashda beparvolikka yo’l qo’yilsa bu kelajakda tez-tez buzilishlarga va moliyaviy yo’qotishlarga olib keladi.
Buni oldini olish uchun har doim sifatli mahsulotlarni, ishonchli va sinalgan ta’minotchilardan olishingizni maslahat beramiz.
Bizni tovarlarimiz texnologik rivojlangan zavodlarda tayyorlangan va biz ularni sifatiga ishonchimiz komil.
O’rni bosilishi qiyin bo’lgan mexanizmlardan biri bu qisiluvchi diskli teskari klapan. Bu klapan suv oqimini bir tomonga oqishini nazorat qiladi va yo’nalishini o’zgartirishga yo’l qo’ymaydi. Agar bu klapan bo’lmasa suv oqimi nazoratsiz qoladi, bu natijada quvur aksessuarlari va nasoslarni ishdan chiqishiga olib keladi.
Qisiluvchi diskli klapan oddiy diskli klapandan flaneslari yo’qligi bilan farq qiladi. Shuni hisobiga uni hajmi va og’irligi kam bo’ladi. Bu uni o’rnatish jarayonini yengillashtirib material sarfini kamaytiradi.

10 yil kafolat
SERTIFIKAT